1- topshiriq. O'qing. Tinglang. So'zlang. Tarjima qiling. BOQI-TOQI (Hikoya) Shunday qilib, „B" sinfda bir-biriga nom qo'yish bosh- lanib ketdi. Nosir qo'ng'iroq chalinishiga besh daqiqa qolganda siniga hovliqib kirdi-yu, paltosini yechdi. Uni qoqib yuborgandi, erib ketgan qor tomchilari eshikdan chopib kirgan Qunduzning yuz-ko'ziga sachrab ketdi. Qunduz .vuy" dedi-yu, qo'llari bilan yuzini berkitgancha joyiga borib o'tir- di. Buni ko'rgan qizlar birdan chuvullab ketishdi. Paltongni koridorda qoqsang bo'lmaydimi? - Hovliga olib chiqib qoq! Hu, seni, Nosir-sir! Voqeani kuzatib turgan Boqiga hammasidan ham , Nosir- sir" degan so'z yoqib ketdi. U: - Kim aytdi? Kim aytdi? - deb shunaqangi miriqib kuldiki... Boqi Nosir bilan bir ko'chada tursayam, chiqisha olmasdi. Ko'pincha futbol o'ynashganda Boqi darvozabon, Nosir esa hujumchi bo'lardi. Nosir mo'ljallab tepgan koptok adashmay, to'g'ri Bogi himoya qilib turgan darvozaga kirardi-qo'yardi. Boqiga bu rosa alam qilardi. Qanday bo'lsa-da, u bilan hisobni baravarlashtirish uchun payt poylardi. O'sha payt kelganga o'xshadi.
Объяснение:
перевести этот текст