2- topshiriq. Matnni o'qing. Birinchi gapni ona tilingizga tarjima qiling. OZIQ-OVQAT DO'KONIDA Ko'chamizda oziq-ovqat do‘koni bor. Bu do'konda un, guruch, shakar, sariyog', non va turli shirinliklar sotiladi. Do'kondan har xil oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish mumkin. Men doʻstim Komron bilan har kuni do'kondan issiq non sotib olamiz. Sotuvchi bizga qaytim berganda „Qaytimini yo'qotmay, ota- onangizga bering", deydi.