4-mashq. Savollarga yozma ravishda javob bering. 1. Turli chiqindilarni daryo va kanallarga oqizilishi nimalarga olib keladi? 2. Bugungi kunda suvni qanday tejash kerak? 3. Nega suv - hayot manbai deyiladi? 4. Ona tabiat inson hayotida qanday o'rin egallaydi? 5. El-yurtimiz farovon yashashi uchun tabiatga qanday munosabatda bo'lishimiz kerak?
1)Chiqindilarni daryo va kanallarga
oqizish yomon oqibatlarga olib keladi.
Birinchi o'rinda, suv hayvonlarining keskin
kamayishiga olib keladi. Ifloslangan suv yerni
va yerda o'sayotgan meva, sabzavotlarga,
o'simliklarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Natijada
biz har kuni tanovul qilayotgan meva va
sabzavotlar zaharlanadi. Demak, suvni
ifloslantirsak faqat tabiatga emas, balki,
o'zimizga ham zara qilgan bo'lamiz.
2)Har safar suvga ishimiz tushganda uni
tejasak, keragidan ortiq ishlatmasak,
suvni asragan bo'lamiz. Behudaga oqizib
qo'ymasak maqsadga muvofiq bo'lar edi.
3)Bunga sabab, suvsiz hayot yo'qligidadir.
Har kuni yuvinishda, taom tayyorlashda,
chanqog'imizni bosishda suvdan
foydalanamiz. Tozalov bo'lIsa ham suv
yordamga shay bo'ladi. Vitaminlarga boy
meva va sabzavotlarimizning ham katta qismi
suvdan tashkil topgan. Yana shuni bilamizki,
hayvonot va o'simliklar dunyosi ham suv
bilan tirik.
4)lnson tabiatning bir bo'lagi. Tabiat qo'ynida
o'zini yaxshi his qiladi. Unda o'sib-ungan
meva-sabzavotlarni tanovul qiladi. Tabiatdagi
bor narslardan keragicha foydalanib hayotini
yaxshilaydi. Deyarli har qadamda tabiat
yordamida yaratilgan narsalarni ko'ramiz.
Bularning hammasi inson uchun. Inson
tabiatning ajralmas qismi.
5)Agarda tabiatga yaxshi munosabatda
bo'lsak, albatta, tabiat ham bizga
yaxshi munosabatda bo'ladi. Uning
gullab-yashnashiga hissa qo'shsak, tabiat
ham shunga yarasha javob qiladi.