Biz ko'pchilikmiz: dadam, onam, men va yana to'rtta ukam ham bor. Onam bilan dadam ishlashadi. Men o'qiyman, ikkita
ukam ham o'qiydi. Ikkita kichkina ukam bog'chaga borishadi.
Uyimizning har bir xonasida soat bor. Mehmonxonada katta
osma soat, boshqa xonalarda kichkina soatlar. Lekin hammamiz
vaqtni dadamlardan so'raymiz.
Dadamlarning qo'l soatlari bor. Bu soat buvamlardan qolgan.
Buvam urushda halok bo'lganlar. Uyga qora xat bilan shu soat
ham kelgan ekan. Dadamning boshqa soatlari ham bor. Lekin
uni taqmaydilar, shu soatni taqadilar. Tanish-bilishlar ba'zan:
Boshqasini taqing, bu eskirib ketibdi-ku, - deyishadi.
Shunda dadam:
- Bu oddiy soat emas, dadamlarniki, — deydilar. Yaqinda
men kollejga o'qishga kirdim. Shunda dadam soatni qo'llaridan
yechib:
O'g'lim, katta bo'lib qoldingiz. Endi bu soatni siz taqing,
dedilar.
Endi uyda hamma vaqtni mendan so'raydi. Dadamning
o'zlari ham vaqtni mendan so'raydilar. Soat juda ham katta,
siferblati ham eski, raqamlariga dog' tushgan. Lekin oddiy
emas, buvamlarniki...
сделайте умаляю из этого текста нужно 5 вопросов составить
Oilamiz va kitob.
Oilamizda kitobga juda qattiq e'tibor berganmiz. Kitob - bu insonga suv va havodek zarur bo'lgan narsadir. Kitobsiz hayotni , jahannamdek tasavvuq qilaman. Bizning oilada barcha odam kitob o'qiydi. Hammamizning o'qiydigan kitobimiz har-xil, masalan men badiiy kitob o'qiyman, yoki opam til yo'nalishi bo'yicha kitob o'qiydi, dadam va oyimlar esa ko'proq ular ham badiy kitob o'qib turadilar. Biz kitobni juda yaxshi ko'rganimiz bois dadam katta javon sotib olib, kitoblar olib kelganlar, va bir kutubxona qilganmiz, u kutubxonadagi kitoblarni o'qishga harakat qilyapmiz. Menga otam va onam badiy kitoblarni o'qishni tavsiya qilganlar, va shuningdek men dasturlash olamiga qiziqganim bois shu sohadagi kitoblarni o'qishni tavsiya qilganlar. Men bu kitoblarni o'qishga harakat qilyapman, va oilam bilan kitob o'qishdan charchamaymiz. Hohlardimki butun oilalar ahil inoq bo'lib kitob o'qishlarini. Va men ham buni sizga tavsiya qilaman.
Объяснение: