Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov. Surxondaryoda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi oldidan “Oʻzbekiston yoshlari – yangi zamon bunyodkorlari!” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi hamda“Yoshlar – kelajagimiz “ davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Bosh qomusimizda belgilangan normalarni yoshlar oʻrtasida keng targʻib etishni maqsad qilgan yoshlar festivali keng qamrovli, turli yoʻnalishdagi loyihalarni oʻzida mujassam etgan.
Deputatlar, yosh olim va mutaxassislar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar hamda sportchilardan iborat targʻibot guruhi poyezdi Termiz temir yoʻl vokzalida tantanali kutib olindi.
Olti guruhga boʻlingan targʻibot guruhi aʼzolari viloyatning shahar va tumanlarida boʻlib yoshlar bilan bevosita uchrashuv, davra suhbati, mahorat darslarini oʻtkazishmoqda. Jumladan, joylarda “Hokim va yoshlar”, “Prokuror va yoshlar”, “Deputat va yoshlar” mavzusidagi ochiq muloqotlar uyushtirilyapti. “Konstitutsiya haftaligi” loyihasida huquqiy sohaga tegishli kitoblar va risolalar koʻrgazmasi, trening, viktorina hamda munozaralarda yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Объяснение: