В
Все
М
Математика
О
ОБЖ
У
Українська мова
Д
Другие предметы
Х
Химия
М
Музыка
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
Э
Экономика
Ф
Физика
Б
Биология
О
Окружающий мир
Р
Русский язык
У
Українська література
Ф
Французский язык
П
Психология
А
Алгебра
О
Обществознание
М
МХК
В
Видео-ответы
Г
География
П
Право
Г
Геометрия
А
Английский язык
И
Информатика
Қ
Қазақ тiлi
Л
Литература
И
История

"menga yoqqan g`azal "mavzusida insho topib bering 3 ta rejasi bilan

Показать ответ
Ответ:
damilya12sladcoeshka
damilya12sladcoeshka
27.12.2020 20:23

G'azal shaydosiman.

Reja:

1)G'azal nima?

2)G'azal mutolaasi — mening sevimli mashg'ulotim

3)Men sevgan g'azal

Sharq adabiyotidagi eng keng tarqalgan lirik janr. G'azal arab tilidan ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo'lish kabi ma'nolarni anglatar ekan. Alisher Navoiy bobomiz 2600dan ortiq g'azal yozib, bu janrni turkiy tilda boyitganlar. G'zallar dastlab ishqiy mavzuda yozilgan. Hozirga kelib juda ko'p turlari yuzaga kelgan. Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning "Qissasi Rabgʻuziy", Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida uchraydi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g'azal yaratganlar.

G'azal mutolaasi mening sevimli mashg'ulotlarimdan biri. Faqatgina o'qish emas, balki, o'zimga yoqqanlarini yodlab ham olaman. Bo'sh vaqtlarimda asosan Alisher Navoiy bobomizning g'azallarini o'qib turaman. Yodlagan g'azallarimni yoddan oqqa ko'chiraman. Shunday qilsam g'azallarni yanada yaxshiroq yod olaman. G'azallardan zavq olaman. Qanday mavzuda bo'lmasin barcha g'azallardan tarbiyaviy qandaydir dars olaman. Men o'zim sevgan g'azallarni do'stlarimga ham tavsiya qilaman.

Men eng sevgan g'azallardan biri Alisher Navoiyning "Kelmadi" g'azali. Ushbu g'azal muhabbat mavzusida yozilgan. Navoiyning shoh asarlaridan bo'lib, hozirda "Munojot" kuyi bilan xalqqa tanish. Bu asar voqea, qandaydir turtki asosida yaratilganligi g'azaldan sezilib turadi. O'z yorini dard, a'lam ila kutgan oshiq iztiroblaridir. Bu g'azal meni jozibadorligi va dardliligi bilan jalb qildi. Men g'azal mutolaasini yaxshi ko'raman.

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота