Shoirning «Buyuk hayot tongi» (1960), «Orzu chashmasi» (1964), «Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Quyosh maskani» (1972), «Ruhlar isyoni» (1980), «Ko‘hinur» (1982) kabi liro-epik asarlari, qolaversa, «Oltin devor» va «Istambul fojiasi» kabi she'riy dramalari katta ijodiy mehnatining samaralaridir. Ana shunday samarali ijodi Erkin Vohidovga el-yurt e'zozini olib keldi. U tavalludining 60 yilligi munosabati bilan «Buyuk xizmatlari uchun» (1996) ordeni bilan taqdirlandi. Shoirning to‘rt jildlik «Saylanma asarlar»i nashrdan chiqdi. Xullas, Erkin Vohidov badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir. U O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramonidir.
Erkin Vohidov — o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamoanviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi.
U 1936 yilning 28 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat universiteti) filologiya fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. O‘qishni tamomlagach, turli gazeta va jurnallar nashriyot va tahririyatlarida ishlagan. “Yoshlik” jurnalining birinchi bosh muharriri bo‘lgan (1982).

Объяснение: