Обратный ток германиевого диода Д12 при напряжении Uобр = 20 в изменяется на 200% с изменением температуры от 20°С до 70°С. Вычислисть обратный ток при 20°С, если при 70°С он равен 180 мка
Masalan, o‘tgan asrning 1990 yilida yurtimizda 448 ming 800 nafar o‘quvchi yoki jami o‘quvchilarning atigi 7,4 foizi sport bilan muntazam shug‘ullangan bo‘lsa, 2010 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 million 219 ming nafarga yoki 34,8 foizga yetdi. 1990 yili O‘zbekistonda 1 ming 825 ta bolalar sporti maskani faoliyat yuritgan bo‘lsa, istiqlol yillarida ularning soni 6 mingtani tashkil etdi. E’tibor bering, istiqlol yillarida — qariyb 74 yillik sobiq Ittifoq hukmronligi davridagiga nisbatan salkam to‘rt barobar kam vaqt ichida — 4 ming 200 ga yaqin yoki uch yarim barobar ko‘p sport inshooti bunyod etilgan. Boshqacha aytganda, eski tuzum davrida yiliga 25 ta, istiqlolning har bir yilida esa o‘rtacha 207 tadan ziyod, yana ham aniqrog‘i, mustaqil O‘zbekistonda sobiq mustabid tuzum zamonidan ko‘ra 10 barobar ortiq sport maskani yoshlar ixtiyoriga topshirilgan.
Bolalar shug‘ullanadigan sport turlari miqdorida ham jiddiy tafovut kuzatilmoqda. Chunonchi, 1991 yili yurtimizda 52 ta sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib ularning soni 75 taga yetdi. Albatta, bu o‘sish yangi «kashf qilingan» sport turlari hisobidan emas, balki yetarli sharoit yo‘qligidan bolalarimiz shug‘ullana olmagan sport turlari hisobidan ta’minlangani e’tiborlidir. Eng muhimi, sport bilan shug‘ullanishni istagan yoshlarimiz endi avvalgidek mashaqqat chekib tuman markazi yoki shaharga qatnashi shart emas, balki o‘z qishlog‘ida, mahallasida, ota-onasining bag‘rida — zamonaviy talablar asosida jihozlangan sport maskanlarida o‘z sevgan sport turi bilan malakali murabbiylar qo‘li ostida shug‘ullanish imkoniyatiga ega.
Bir misol. Surxondaryo viloyatida eski tuzum davrida bugungidek zamonaviy sport inshooti u yoqda tursin, hatto tuzukroq stadion ham yo‘q edi. Voha sportchilarining mamlakat va xalqaro miqyosdagi bellashuvlardagi ishtiroki haqida esa deyarli hech kim bilmasdi. Faqat milliy istiqlolgina Alpomishdek kuragi yerga tegmagan mard va botir pahlavonlarni, Oybarchindek go‘zal va barno qizlarni ulg‘aytirgan bu zamin va uning farzandlariga sport sohasida ham o‘z salohiyat va mahoratini keng namoyish etish imkonini berdi.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida olti yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 22 ming 902 nafar o‘quvchi sport bilan muntazam, 179 ming 429 nafar o‘quvchi esa jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida shug‘ullanmoqda. 2011 yili mavjud bolalar sporti inshootlari atrofidagi 182 ta ta’lim muassasasining 22 ming 500 dan ortiq o‘quvchisi ana shu maskanlardagi sport mashg‘ulotlariga jalb etildi. Sport seksiyalari soni esa oxirgi bir yilning o‘zida 371 taga ko‘payib, 1 ming 117 taga yetdi.
Muhimi, keyingi 7 yilda viloyatda sport va jismoniy sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanuvchilar soni 29 foizdan 40 foizga o‘sdi. Ayni paytda 520 ming nafar o‘quvchining qariyb yarmi sportni o‘zining kundalik mashg‘uloti, deb biladi. O‘tgan yili shulardan 1014 nafari respublika va xalqaro miqyosdagi bellashuvlarda qatnashib, 683 ta (174 tasi oltin) medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
2011 yili Termizda viloyat tarixida ilk bor yirik sport tadbiri — akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining «Barkamol avlod» sport musobaqalari o‘tkazildi. Ana shu nufuzli sport anjumani munosabati bilan shaharda keng ko‘lamli qurilish-obodonchilik ishlari amalga oshirilib, viloyat markazining qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi. Ayniqsa, mazkur bellashuvlarga mo‘ljallab barpo etilgan 10 ming o‘rinli zamonaviy stadion hamda «Delfin» suzish havzasi o‘zining me’moriy yechimi, zamonaviy dizayni va yaratilgan sharoitlari bilan hech bir rivojlangan davlatdagi sport inshootidan qolishmaydi.
Endi bunday mulohazalarni tumanlar misolida davom ettiradigan bo‘lsak, uzoqqa bormasdan, o‘zim o‘sib-ulg‘aygan va men uchun sobiq tuzum davridagi ahvol bilan bugungi holatini bevosita solishtirish, taqqoslash imkonini beradigan Qumqo‘rg‘on tumani haqida fikr yuritsak, to‘g‘ri bo‘lardi, deb o‘ylayman.
Hozirgi vaqtda shu birgina tumanning o‘zida ming-minglab ularning izdoshlari paydo bo‘lmoqda. Buning uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda. Masalan, keyingi yillarda tumanda 8 ta zamonaviy sport inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Ular tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq malakali murabbiy kadrlar bilan ta’minlandi, mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan qumqo‘rg‘onlik yoshlar safining tobora kengayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Chunonchi, 2009 yili respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qumqo‘rg‘onlik 31 nafar sportchi sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan bo‘lsa, 2010 yili bu ko‘rsatkich 64 nafarga yetdi. Futbolga ixtisoslashtirilgan 3-maktab-internat o‘quvchilari mamlakat chempioni bo‘ldi.
Мәктәп-ул бер кешенең ғүмере иң һоҡланғыс ваҡыттары. Уның тураһында иң яҡты хәтирәләр булып ҡалды. Ҡайһы берҙә первоклашка миңә ҡарай, мин тағы ла ашағы һәм башланғыс мәктәп уҡыусылары һәм ваҡытты кире ҡайтарып, тағы ла шатлыҡ кисергән михнәт һәм башланғыс класс уҡыусылары. Бик яратам мин үҙемдең мәктәп һәм, моғайын, ул миңә бик хәсрәт менән айырылышҡан була. Мин уйлайым, беҙ үҫкән, инде үҙ ғаиләһе булды, һәм беҙҙе, беҙҙең буласаҡ балаларыбыҙҙы хәтерҙә горесть менән беҙ, ғәмһеҙ мәктәп йылдары, беҙҙең өйҙә мәктәп, синыфташтар һәм дикторы була һәм ул беҙгә шулай йылы булһа, беҙҙең өсөн тыуған кеше ул ҡорос!