В
Все
М
Математика
О
ОБЖ
У
Українська мова
Д
Другие предметы
Х
Химия
М
Музыка
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
Э
Экономика
Ф
Физика
Б
Биология
О
Окружающий мир
Р
Русский язык
У
Українська література
Ф
Французский язык
П
Психология
А
Алгебра
О
Обществознание
М
МХК
В
Видео-ответы
Г
География
П
Право
Г
Геометрия
А
Английский язык
И
Информатика
Қ
Қазақ тiлi
Л
Литература
И
История
MainkraeTV
MainkraeTV
25.01.2020 21:34 •  Математика

Написать сочинение по узб-яз на тему: " узбек алломалари ва олимлари". . нужно!

Показать ответ
Ответ:
ivanovmax
ivanovmax
09.10.2020 12:52

– O‘zbekiston – boy tarix va ulkan madaniy merosga ega mamlakat. Ushbu muqaddas zaminda kamolga yetgan ko‘plab buyuk mutafakkirlar o‘zining boy ilmiy-ma’naviy va madaniy merosi bilan jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Mirzo Ulug‘bek ulardan biridir. Astronomiya fani asoschilaridan bo‘lmish ushbu alloma o‘zining olamshumul kashfiyotlari bilan butun dunyoda, xususan, Niderlandiyada ham dovruq qozongan.

Evropada Avitsenna nomi bilan mashhur Abu Ali ibn Sino tibbiyot ilmi rivojiga qo‘shgan benazir hissasi bilan dunyoga dong taratgan. Samarqandda o‘tadigan xalqaro konferensiya asnosida ushbu muqaddas zaminda yetishib chiqqan ko‘plab ulug‘ mutafakkirlarning boy ilmiy merosiga yana bir bor murojaat qilib, ularning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi xususida fikr almashish imkoniga ega bo‘lamiz.

O‘zbekiston nafaqat tarixda, balki bugungi kunda ham yetuk olimlari bilan dunyoga mashhur. Xususan, yosh olim Ibrohim Abdurahmonovning qishloq xo‘jaligi sohasidagi kashfiyotlari barchani hayratga solmoqda. U yaratgan ixtiro – g‘o‘zaning yangi navi xalqaro miqyosda e’tiborga molik voqea sifatida e’tirof etildi.

Konferensiya davomida Samarqandni, u yerdagi qadimiy me’moriy yodgorliklar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkoniga ega bo‘lishimdan baxtiyorman. Menga, ayniqsa, Registon, Shohi Zinda majmualarini, Amir Temur maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasini tomosha qilish olam-olam ma’naviy kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston qisqa fursatda dunyoda o‘z munosib o‘rnini topgani, obro‘-e’tibor qozongani, nufuzi yuksalib borayotgani Prezident Islom Karimov yuritayotgan uzoqni ko‘zlagan, dono siyosat samarasidir. Davlatingiz rahbari rahnamoligida mamlakatingiz tarixini, ajdodlaringizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazish borasidagi sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston mustaqilligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu diyorda doimo tinch va osuda hayot hukm surayotgani ham aynan ana shunday izchil ishlar samarasidir.

Fahad al-Mekrad, Arab ochiq universiteti professori (Kuvayt):

– Avval ham O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘plab xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lganman. O‘zbek zaminida yetishib chiqqan olimu fuzalolarning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyo ahli e’tirof etadi. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi ko‘plab buyuk mutafakkirlarning boy merosidan butun dunyo ahli asrlar osha bahramand bo‘lib kelmoqda. Ular haqida juda ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan, filmlar yaratilgan. Buyuk ajdodlaringiz qoldirgan noyob va o‘ta muhim meros asosida bugun dunyo mamlakatlari ilm dargohlarida, maktabu universitetlarda ta’lim berilmoqda. Bugungi kunda yurtingizda ana shunday moddiy va ma’naviy merosni zamon talablari asosida chuqur o‘rganish va undan xalqingizni bahramand qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlardan o‘rnak olsa arziydi.

O‘zbekistonga har gal kelganimda barcha sohalarda, xususan, ta’lim jabhasida erishilayotgan muvaffaqiyatlardan hayratlanaman va quvonaman. Ayniqsa, yurtingizda chet tillarini o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatingiz yoshlari ingliz, fransuz, arab tillarida biyron so‘zlayotganini ko‘rib, juda ta’sirlandim. O‘zbekiston va uning yutuqlari haqida, odamlarining yuksak intellektual salohiyati, bag‘rikengligi, samimiyligi va mehmondo‘stligi haqida ko‘plab maqolalar yozganman. O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniyatini juda qadrlayman.

Mazkur xalqaro konferensiya tashabbuskori Prezident Islom Karimovga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Julio Kasati, Insubria universiteti professori (Italiya):

– O‘nlab o‘zbek allomalarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi ulkandir. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek qoldirgan meros xalqingizning jahon ahliga bebaho in’omidir. Uning ko‘plab ilmiy monografiyalari, siyosat va iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, ilmiy va ma’rifiy merosi bugungi avlod uchun ham katta saboq bo‘lib xizmat qilmoqda. Allomaning jahon ilm-fani, ayniqsa, astronomiya rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning “Ziji Ko‘ragoniy” asari o‘rta asrlarda Osiyo va Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik asar bunchalik shuhrat qozonmagan.

Italiyada O‘zbekiston bilan ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga intilish kuchli. Xususan, Toshkentda ochilgan Turin politexnika universiteti ta’lim sohasidagi faol hamkorligimizning amaliy namunasidir.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlardagi me’moriy obidalarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lganman. Mamlakatingizda ajdodlaringizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish, madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va asrab-avaylash, ta’lim, fan va madaniyat sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samaralarini berayotgani tahsinga loyiq.

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Математика
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота