O'zbekistonda 2 yanvar kuni dam olish kuni bo'ladi. prezident shavkat mirziyoyev 29 dekabr kuni 2017 yil 2 yanvarni dam olish kuni deb e`lon qilish to'g'risidagi farmoyishini imzoladi. «fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko'plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017 yil nishonlanishi munosabati bilan: 2017 yil 2 yanvar – dushanba dam olish kuni deb e`lon qilinsin», deyilgan farmoyishda.