Xalqimizga xos bunday xayrli ishda ishtirok etayotganimdan xursandman, – deydi Zardaqul qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Xalil Bo‘ronov. – Biz, yoshlar mahallamizni yanada obod qilish uchun bo‘sh yerlarga turli mevali daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘lar yaratayapmiz. Ko‘cha-ko‘y va xonadonlarni saranjom-sarishta qilib, obodonlashtirishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz.