В
Все
М
Математика
О
ОБЖ
У
Українська мова
Д
Другие предметы
Х
Химия
М
Музыка
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
Э
Экономика
Ф
Физика
Б
Биология
О
Окружающий мир
Р
Русский язык
У
Українська література
Ф
Французский язык
П
Психология
А
Алгебра
О
Обществознание
М
МХК
В
Видео-ответы
Г
География
П
Право
Г
Геометрия
А
Английский язык
И
Информатика
Қ
Қазақ тiлi
Л
Литература
И
История
DeStreudG
DeStreudG
28.02.2021 16:29 •  Другие предметы

Kitob – xazinalar kaliti Bir kishining uchta o‘g‘li bor ekan. U topgan-tutganlarini

ularga taqsimlab bermoqchi bo‘lib, shunday debdi:

— Sizlarga bir hovuch tilla, suruvdagi qo‘y-u qo‘zilar va bir

dasta kitob qoldirmoqchiman. Kim nimani tanlaydi?

Katta o‘g‘il o‘zini tillaga uribdi. O‘rtanchasi qo‘y-u qo‘zilarni

olibdi. Kichik o‘g‘ilga kitoblar qolibdi. Katta o‘g‘il boyligini

ko‘paytirish uchun oltinlarini bir savdogarga beribdi. O‘rtancha

aka qo‘y-u qo‘zilarini ko‘paytirishni o‘ylabdi.

Akalari „Kitobdan ne foyda?“ – deb ukalarining ustidan

kulishibdi. Kenja o‘g‘il esa hamma kitobni o‘qib chiqibdi. Kattaakalari kundan-kunga boyib ketaverishibdi. Shu orada yurtni

yov bosibdi. Katta aka oltinlarini berishdan bosh tortgan

ekan, darg‘azab bo‘lgan podsho uning oltinlarini tortib olibdi.

O‘zini zindonga tashlatibdi. Kichik akasi qo‘y-u qo‘zilari bilan

lashkarlarni boqishga majbur bo‘libdi. Kichik o‘g‘il: „Mening shu

kitoblardan boshqa boyligim yo‘q!“ – debdi. Podsho uni dorga

osishni buyuribdi. Shunda vazir: „Bu bolada bir gap bor“, –

debdi-da, o‘rtaga tushib bola bilan savol-javob qilibdi. U barcha

savollarga aniq javob beribdi. Shunda vazir podshoga:

— Bu ko‘p kitob o‘qigan donishmand bola ekan. Agar uni

o‘ldirsangiz, la’natga qolasiz, — debdi.

Podsho uni qo‘l ostidagi hududlardan biriga boshliq etib

tayinlabdi. Yigit kitoblardan olgan bilimi bilan ish tutib, yurtda

adolat o‘rnatibdi.

(M. Murodov)

Matn yuzasidan savollar:
1. Ota o'g'illariga nimani taqsimlab bermoqchi bo'ldi?
2. O'g'illar qanday ish tutishdi?
3. Podsho aka-ukalaga nisbaan qanday yo'l tutdi?
4. Vazir podshoga nima dedi?
5. Ayting-ch, akalar to'g'ri yo'lni tanlashdimi?​

Показать ответ
Ответ:
Katyshkamya
Katyshkamya
17.04.2021 14:13

1)Ota o'g'illariga bir hovuch tilla, qo'y-u qo'zilar va bir dasta kitoblarni taqsimlab bermoqchi edi.

2)Katta o'g'li oltinlarni tanladi,o'rtancha o'g'li qo'y-u qo'zilarni tanladi,kichin o'g'li esa kitoblarni tanladi.

3)Oradan biroz vaqt o'tgandan so'ng yurtlarini yov bosibdi,katta o'g'li oltinlarini berishdan bosh tortganda,darg'azab podsho oltinlarini olib qo'yib,o'zini zindonga tashlatibdi.

O'rtancha akasi qo‘y-u qo‘zilari bilan

lashkarlarni boqishga majbur bo‘libdi.

Kichkina ukasi „Mening shu

kitoblardan boshqa boyligim yo‘q!“ – debdi. Podsho uni dorga

osishni buyuribdi.

4)Vazir: „Bu bolada bir gap bor“,

debdi-da, o‘rtaga tushib bola bilan savol-javob qilibdi. U barcha

savollarga aniq javob beribdi. Shunda vazir podshoga:

Bu ko‘p kitob o‘qigan donishmand bola ekan. Agar uni o‘ldirsangiz, la’natga qolasiz, — debdi.

Podsho uni qo‘l ostidagi hududlardan biriga boshliq etib

tayinlabdi. Yigit kitoblardan olgan bilimi bilan ish tutib, yurtda adolat o‘rnatibdi.

5)Yo'q,menimcha hamma bo'yliklarni o'rtada bo'lishlari kerak edi,lekin nima bo'lgan taqdirda ham kichik farzandning donoliga va donishmandlogi foyda berdi.

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота