В
Все
М
Математика
О
ОБЖ
У
Українська мова
Х
Химия
Д
Другие предметы
Н
Немецкий язык
Б
Беларуская мова
М
Музыка
Э
Экономика
Ф
Физика
Б
Биология
О
Окружающий мир
У
Українська література
Р
Русский язык
Ф
Французский язык
П
Психология
О
Обществознание
А
Алгебра
М
МХК
Г
География
И
Информатика
П
Право
А
Английский язык
Г
Геометрия
Қ
Қазақ тiлi
Л
Литература
И
История
LyVlAr
LyVlAr
22.04.2023 02:22 •  Другие предметы

Omonim..., sinonim.., antonim...,paronim sozlariga 5 tadan matn tuzing

Показать ответ
Ответ:
niknem111
niknem111
16.12.2020 07:53

Sinonimlar(ma’nodosh so’zlar) – shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlar. Sinonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so’z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so’z dominanta deyiladi. U uslubiy betaraf bo’ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz – dominanta, asosiy so’z, u uslubiy betaraf.

Chehra, jamol – ijobiy bo’yoqdor so’zlar.

Bashara, turq – salbiy bo’oqdor so’zlar.

Leksik (lug’aviy) sinonimlar– so’zlar sinonimligi. Lug’aviy sinonimlar o’z ichiga ikkiga bo’linadi:

1) to’iq sinonimlar – o’zlashgan so’zlar sinonimligi: tilshunoslik - lingvistika, doston - poema, amr - farmon - buyruq, bahor - ko’klam, kosmos - fazo…

2) ma’noviy sinonimlar – so’zlar bir - biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam-ho’l-shalabbo, taqillatdi-dukillatdi-gursillatdi…

Frazeologik sinonimlar– iboralar sinonimligi: qo’lni yuvib qo’ltiqqa urish-hafsalasi pir bo’lish; kayfi uchib ketdi-yuragi yorilayozdi, og’zi qulog’ida-boshi osmonda-hursand…

Grammatik sinonimlar– Grammatik vositalar sinonimligi: kelgani (-ga, -dan, uchun) hursand ; yangiliklar (-ni, -dan, haqida) gapiring; mehmonlar (-ning, -dan) ulug’i; kel (-yapti, -ayotir, -moqda)…

Sinonim so’zlar agar ko’p ma’noli bo’lsa bir necha sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin: o’rin - joy, o’rin - mansab; bitirda - tugatdi, bitirdi - yo’q qildi…

Bir o’zakdan yasalgan so’zlar ham o’zaro sinonim bo’lishi mumkin; chopqir - chopag’on, baodob - odobli..

Tub so’z yasama so’z bilan sinonim bo’la oladi: his - sezgi; savol - so’roq…

Antonimlar (zid ma’noli so’zlar)– qarama – qarshi so’zlar. Antonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi. Son, olmosh, yordamchi so’zlarda antonimlik munosabati yo’q.

Leksik antonimlar– so’lar antonimligi: yaxshi - yomon, katta -kichik, kun -tun…

Frazeologik antonimlar– iboralar antonimligi: labi labiga tegmaydi – og’ziga cho’p slogan, yerga ursa ko’kka sapchiydi – qo’y og’zidan cho’p olmagan…

Affiks antonimlar– qo’shimchalar antonimligi: ba-be, -li, -siz…

Anotimlikni yuzaga keltiruvchi uch asosiy belgi:

a) shakliy jihatdan har xillik;

b) ma’noviy jihatdan har xillik;

c) ma’nodagi o’zaro zidlik;

Muayyan so’z sinonimik qatordagi har bir so’z bilan alohida – alohida antonimlik hosil qila oladi: xunuk-chiroyli, go’zal, zebo…

Bir so’z agar u ko’p ma’noli bo’lsa, har bir ma’nosi bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin: qattiq – yumshoq, qattiq – saxiy… Antonimlar adabiyotdatazodatamasi bilan yuritiladi.

Omonim so’zlar (shakldosh so’zlar)– shakli bir xil, ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar. Adabiyotdatajnisatamasi bilan yritiladi.

Leksik omonimlar– so’zlar omonimligi: kul, kuy, tosh, tuz, qovoq, soch, oq, un, toy, asar, quymoq, erish, chang, bahr…

Frazeologik omonimlar– iboralar omonimligi: boshga ko’tarmoq (hurmat qilmoq, to’palon qilmoq); ko’z yummoq (vafot etmoq, e’tiborsizlik qilmoq); dam bermoq (hordiq, havo yubormoq, damini  berib tashlab ketmoq)…

Affiks omonimlar– qo’shimchalar omonimligi: -m (egalik qo’shimchasi, so’z yasovchi qo’shimcha); -ni (ot, sifat yasovchi qo’shimcha, shakl yasovchi qo’shimcha); -q (ot va sifat yasovchi qo’shimcha)…

Tasviriy ifodalr omonimligi- ilm maskani – maktab, oliygoh; qora oltin – ko’mir, neft; aql gimnastikasi – shaxmat, matematika; asr vabosi – SPID, giyohvandlik, sevgi…

Omonimlar bir yoki bir necha so’z turkumi doirasida yuzaga kelishi mumkin:

a) bir turkum doirasida: son, rasm, qovoq, bog’, suz, tuy (ot va fe’l);

b) ikki turkum doirasida: tut, sol, ol, tur, soch, qur, qo’r, terma;

c) uch turkum doirasida: tom, hur, tik, oshiq.

Omonimlik bir so’z turkumi doirasida bo’lsa, Grammatik shakllar qo’shilsa ham, omonmlik saqlanadi: tortdim (sudradim); tortdim (o’lchadim); siri (davlat siri); siri (idish siri).

Omonimlik bir necha so’z turkumi doirasida bo’lsa, Grammatik shakllar qo’shilsa omonimlik yo’qoladi;

o’t, otkabi so’zlarda qo’shimcha yo’qolgach, omonimlik qisman yo’qoladi; ya’ni o’t so’zi maysa, olov, tan a’zosi ma’nosida saqlanadi, lekin fe’l ma’nosi yo’qoladi. Omonim va ko’p ma’noli so’zlar kontekstda (gap, matnda) odatda bitta ma’noni ifodalaydi:Tutdaraxtini ekdim.

Paronimlar– aytilishi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar: asr-asir, bormoq-barmoq, chopon-cho’pon, nufuz-nufus, adl-adil, dovon-devon, oriq-ariq… paronimlar bir yoki bir necha so’z turkumi doirasida hosil bo’ladi. Orfoepiya qoidasiga rioya qilmaslik natijasida paronimlar yuzaga kelishi mumkin.

Объяснение:

0,0(0 оценок)
Популярные вопросы: Другие предметы
Полный доступ
Позволит учиться лучше и быстрее. Неограниченный доступ к базе и ответам от экспертов и ai-bota Оформи подписку
logo
Начни делиться знаниями
Вход Регистрация
Что ты хочешь узнать?
Спроси ai-бота